Asosiy mazmunga oʻtish

Olimpizm

"Parij-2024". Yurtdoshimiz Kubaro Hakimova kumush medalga ega chiqdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Yana bir medal delegatsiyamiz hisobiga qo‘shildi

Kubaro Hakimova Paralimpiya o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi!

Hozirgina para engil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha bahslar yakunlandi. Quvonarlisi, ushbu yo‘nalishda startga chiqqan vakilimiz Kubaro Hakimova 10.36 metr natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va navbatdagi kumush medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Ushbu yo‘nalishda qatnashgan yana bir hamyurtimiz Madina Muxtorova 8.10 metr natija qayd etdi va kuchli sakkizlikdan joy oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q