Parij Olimpiadasiga yana bir litsenziya qo‘lga kiritildi!

  • 4 iyul, 2024, 09:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasi (World Aquatics) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchilar nomini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anastasiya Zelinskaya ham 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchilari qatorida e’tirof etildi.

Tecno

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, atletimiz bo‘lajak bahslarda 400 metrga erkin usulda suzish dasturida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!