
Parijliklar Mbappening bu ishini hech qachon unutmaydi
PSJ yangi yilni yangi sovrin bilan boshladi. Parij klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Park-de-Prens” stadionida Frantsiya Superkubogi uchun o‘tkazilgan bahsda “Tuluza”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Parijliklar safida Li Kan In uchrashuv boshida hisobni ochgan bo‘lsa, Kilian Mbappe birinchi bo‘lim oxirida jamoasining ikkinchi golini urdi.
Bu gol Mbappe uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Mbappe PSJ tarixida uy uchrashuvlarida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchiga aylandi. G‘alabani ta’minlagan zarba 25 yoshli futbolchi uchun “Park-de-Prens”dagi 111-gol sifatida qayd etildi.
Ta’kidlash joizki, Kilian Mbappe PSJ tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Fikrlar