Pavel Fernandes: "Arda Gyulerning goli to‘g‘ri bekor qilindi"

  • 31 avgust, 03:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 3-turidan o‘rin olgan "Real" – "Malorka" uchrashuvida (2:1) bahsli holat yuz berdi.

Tecno

Ikkinchi bo‘lim boshida Arda Gyulerning goli hisobga olinmadi. Bosh hakam Xose Mariya Sanches Martines VAR orqali vaziyatni ko‘rib chiqqanidan so‘ng turk futbolchisining qo‘liga to‘p tegganini aniqladi. Raqib to‘pni tepgan paytda u Ardaning korpusga yopishgan qo‘liga tegdi va shu zahoti Gyuler gol urdi.

Yordamchi Pavel Fernandes bu qarorni qo‘llab-quvvatladi:

"Arda Gyulerning goli qo‘l bilan o‘ynaganidan so‘ng urilgani uchun bekor qilindi. Bunday holat odatda jazolanmaydi, ammo to‘p qo‘lga teggach darhol gol urilishi sabab, uni hisobga olish mumkin emas. VAR to‘g‘ri aralashdi", – deb yozdi Fernandes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!