"Paxtakor" "Al-Hilol" bilan birga OChL rekordchilaridan biri
"Paxtakor" Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l oldi va turnirda 19-bor o‘ynaydi.
O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan "sherlar" Chempionlar Ligasining 2023/24 yilgi mavsumi guruh bosqichi yo‘llanmasini ham rasmiylashtirdi.
Ushbu musobaqada jamoa 19-bor ishtirok etadi. Guruh bahslarida esa 18-marta qatnashadi. Bu borada "Paxtakor" va "Al-Hilol" klublari Osiyoda rekordchilar hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, "sherlar" qur’ada birinchi savatchadan joy oladi.
Fikrlar