"Paxtakor" bosh murabbiyi: "Tan olish kerak, raqib g‘alaba va natijaga munosib futbol ko‘rsatdi"

  • 12 mart, 04:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al-Hilol" va "Paxtakor" klublari OChL Elit musobaqasi pley-off bosqichining javob o‘yini doirasida Saudiya Arabistonida kuch sinashishdi va maydon egalari 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" ustozi Pedru Moreyra fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Stadionda muhit ajoyib bo‘ldi. Raqib darajasi yuqori ekanini bilardik, bugun ular juda yaxshi o‘ynashdi. Biz to‘pni ko‘p yo‘qotdik. Biz o‘z darajamizni yaxshilash uchun ishlatishimiz kerak. Ikkinchi golni qarshi hujumdan o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda hujumda faolroq bo‘ldik. O‘yinning birinchi qismida buni uddalay olmadik. Tan olish kerak, raqib g‘alaba va natijaga munosib futbol ko‘rsatdi. Biz shunday yuqori darajadagi bellashuvlarga tayyor bo‘lishimiz lozim.

"Hilol"ning kuchli taraflarini bilardik, qanotdan juda faol oldinga o‘tishadi. Markazdan qanot himoyachilarini hujumga boshlashadi. O‘yin sur’atiga dosh bera olmadik. Biz yangi jamoa qurish bosqichidamiz, tarkibimizda o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishlar katta. Toshkentda ishonch bilan harakat qilgandik.

Bahs boshida ko‘p xatolar qildik. Raqib futbolchilarini futbolchilarimiz bilan birga-bir qolishga ko‘p qo‘yib berdik. Lekin o‘yinda uyushqoq o‘ynadik, deb o‘ylayman, faqat keraksiz xatolar ko‘payib ketdi. Raqib safida yuqori saviyali futbolchilar ko‘p va ular mahorat ko‘rsatishdi. Tarkibimizda Kayo Sezar bo‘lsa, biz ham juda yaxshi futbol o‘ynashimiz mumkin.

Biz bu o‘yinlardan xulosa chiqaramiz, o‘zimizga tegishli foydali jihatlarga ega bo‘lamiz. Lekin Superligada boshqacha futbol o‘ynaymiz. Stadionda bizni ajoyib tarzda qo‘llab turgan muxlislarga katta tashakkur. Ular kamchilik bo‘lishsa-da, juda faol quvvatlab turishdi. Ularni chempionatdagi uchrashuvlarda ham kutib qolamiz.

Ushbu bosqichgacha etib kelishimizni kichik natija deb atash mumkin. Shu raundda bo‘lishga haqli edik. To‘rt uchrashuvdan keyinoq juda yuqori saviyada o‘ynash ilojsiz", - dedi Moreyra.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
12/03/2025 13:09
Машъал билан уйнаб, кейин кетиш керак эди.Ютказаяпсан,ротация килмайсанми.Уринбоевни нимага туширмади.Суперлигани ёндиради деганлар,шу гапимни эслаб колинг.Хакамлар катта сахнага чикмаса,Пахтакорни урни 5 урин.Колган жамоалар хам яхш
игина кучайган бу йил.
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
12/03/2025 04:59
O‘rinboyevni tushirish kerak edi zaxiradan juda mahmadonekan
Baxil Alihuja
12/03/2025 05:13
харом хисобига буюк клуб булмайди!
жохага етказиб куйинглар
Ilhom Irmatov
12/03/2025 05:14
Raqiblar juda kuchli edi pahtakor endi shakillaniyapti hali zoʻr boʻladi.