"Paxtakor" bugun chempion bo‘la oladimi? Yoxud "sherlar"ning "Bunyodkor"ga qarshi o‘yini uchun prevyu
Bugun Superliganing 18-tur qoldirilgan o‘yinida "Paxtakor" Toshkent derbisida "Bunyodkor" bilan maydonga tushadi. "Paxtakor" klubi matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Mazkur uchrashuvda "sherlar" g‘alabaga erishgan taqdirda 13-bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritadi. Printsipial raqib bilan qarama-qarshilikda chempionlikni naqd qilishga "Paxtakor" ushbu bahsda urinib ko‘radi.
"Bunyodkor" bilan bahslar hamisha keskin to‘qnashuvlarni taqdim etadi. Hozirgacha o‘tkazilgan 29 bellashuvning 11 tasida "sherlar" g‘olib bo‘lgan. 9 tadan bahsda durang va raqib g‘alabasi kuzatilgan. "Paxtakor" 36 to‘p kiritib, 30 gol o‘tkazib yuborgan. Jamoalar o‘rtasidagi eng yirik natija shu yilning birinchi davrasida kuzatilib, unda "Paxtakor" 5:0 hisobida yutuqqa erishgan. "Bunyodkor" maydonida kechgan bellashuvlarda "Paxtakor" 4 g‘alaba, 3 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etgan. Mezbonlar 23 to‘p kiritgan va "Paxtakor" 15 gol urgan.
"Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun soat 17:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
Fikrlar