"Paxtakor" futbolchilarini qanday xalqaro o‘yinlar kutmoqda?

  • 13 noyabr, 2019, 12:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor"ning 11 nafar o‘yinchisi milliy terma jamoalar safida rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiev, Egor Krimets, Hojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jaev, Dostonbek Hamdamov, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida jahon chempionati saralash bosqichida Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi bahslarda ishtirok etishadi.

14 noyabr, 17:00
O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni

19 noyabr, 17:00
O‘zbekiston - Falastin

Chernogoriya terma jamoasi safida Marko Simich Evropa chempionati saralash bellashuvlarida qatnashadi.

15 noyabr, 00:45
Angliya - Chernogoriya

19 noyabr, 22:00
Chernogoriya - Belarus

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!