"Paxtakor" futbolchisi yana legionerga aylanishi mumkin!

  • 08.12.2025 13:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" vingeri Hojimat Erkinov yana legionerga aylanishi mumkin. 

Bizga ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli hujumkor yarim himoyachiga BAA va Eron klublaridan takliflar bo‘lmoqda. Futbolchining "sherlar" bilan 2026 yilning 31 dekabriga qadar shartnomasi bor. 

Ma’lumot uchun, Erkinov ikkinchi davrada aynan "Al-Vahda" jamoasidan "Paxtakor"ga qaytib, Superliganing 13 ta o‘yinida qatnashdi va 2 ta gol, 3 assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!