
"Paxtakor" oxirgi turga kelib g‘alaba qozondi va...
Osiyo Chempionlar ligasi 6-turida "Paxtakor" Iroqning "Eyr Fors" klubi bilan kuch sinashdi.
Murosasiz kechgan bahsda toshkentliklar g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 79-daqiqada Po‘latxo‘ja Xoldorxonov hisobiga yozildi. Futbolchi ushbu muvaffaqiyat bilan jamoasi g‘alabasini ta’minladi.
Duranglar iskanjasida qolib ketgan "Paxtakor" guruh bosqichining oxirgi turiga kelib zafar quchdi. Ammo ushbu g‘alaba "sherlar"ga naf kel keltirmadi. Sababi jamoa avvalgi turda fley-offga chiqa olmasligi aniq bo‘lgandi.
Fikrlar