
"Paxtakor" stadioni 2023 yilda qancha uchrashuvga mezbonlik qildi? (Foto)
"Paxtakor" stadioni 2023 yilda 56 uchrashuvga mezbonlik qildi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi. Avvalroq, "Bunyodkor" stadionida rekord darajada ko‘p o‘yin o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.
"Sherlar" o‘yingohi 27 ta Superliga, 8 ta U-21 chempionati, 5 ta O‘zbekiston kubogi, 5 ta o‘rtoqlik uchrashuvi, 4 ta "CAFA Nation's Cup", 3 ta ayollar o‘rtasida klublar bo‘yicha Osiyo chempionati va Parij Olimpiadasi yo‘lidagi o‘yinlar, shuningdek, bitta "Mirabror Usmonov xotira turniri" doirasidagi bahslarga mezbonlik qildi.
Fikrlar