"Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Al-Ayn"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 09.11.2023 09:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, yaqindagina "Al-Ayn" bosh murabbiyi Alfred Shryoder jamoani tark etdi. Klub uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida Ernan Krespo bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. 

Image

Argentinalik mutaxassis bundan oldin "Al-Duhayl" jamoasida ishlagan. Shuningdek, murabbiy faoliyati davomida "San Paulo", "Modena" va ayrim Argentina klublarini boshqargan. 

Eslatib o‘tamiz, "Al-Ayn" OChLda "Paxtakor" bilan bir guruhdan joy olgan bo‘lib, 12 ochko to‘plashga va muddatidan oldin pley-offga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur jamoa 5-turda "sherlar"ga qarshi maydonga tushadi.

Krespo "Al-Ayn"dagi debyutini Aziz G‘anievning klubi bo‘lmish "Shabab"ga qarshi o‘yinda amalga oshirishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!