
"Paxtakor"ning bugungi raqibi safida yo‘qotish mavjud
Superliga 15-turida "Paxtakor" poytaxtda "Lokomotiv" stadionida "Mash’al" mehmoni bo‘ladi. Toshkentliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Bahsni raqibdan Jamoliddin Ubaydullaev sariq kartochkalar bilan bog‘liq diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi. "Sherlar"da bunday yo‘qotish mavjud emas.
Chempionatlarda jamoalar o‘zaro 37 uchrashuvda to‘qnash kelgan. Ularning 26tasida "Paxtakor", 5tasida "Mash’al" zafar quchgan. 6 bahsda kuchlar teng kelgan. "Paxtakor" 75 to‘p kiritgan bo‘lsa, raqib 25 gol urishga erishgan. Muborakdagi 18 bellashuvda toshkentliklar 9 g‘alaba, 5 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Safarda 25 to‘p kiritgan "Paxtakor" o‘z darvozasidan 16 gol olib chiqqan. O‘tgan yili mehmonda "sherlar" 4:1 hisobida zafar quchgan.
"Mash’al" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasida o‘yin bugun soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar