
"Paxtakor"ning "Navbahor"ga qarshi o‘yinlari to‘purari kimligini bilasizmi?
"Paxtakor" va "Nvbahor" to‘qnashuvlarida Aleksandr Geynrix 9 gol muallifi bo‘lgan. Bu haqda toshkentliklar matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zaro o‘yinlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Aleksandr Geynrix hisoblanadi. U jami 9 marta namanganliklar darvozasiga gol urgan. Leonid Koshelev esa 7 to‘p kiritgan. Shundan 3tasini "Navbahor", 4tasini "Paxtakor" safida kiritgan. Igor Sergeev hozircha, bu raqib darvozasini 7 bor ishg‘ol qilgan. Dragan Cheran hisobida 5 gol bor. "Sherlar" jamoasidan Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev va Odil Ahmedov 4tadan to‘p kiritgan. "Navbahor"dan Shuhrat Mirxoldirshaev hisobida 4, Oleg Shatskix hisobida 3 gol mavjud. Koshelevdan tashqari Vadim Kotelnikov ham har ikki jamoa safida gol urishga erishgan.
"Navbahor" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
9 - Aleksandr Geynrix
7 - Leonid Koshelev, Igor Sergeev
5 - Dragan Cheran
4 - Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev, Odil Ahmedov, Shuhrat Mirxoldirshaev
3 - Oleg Shatskix
Fikrlar