Peddi Pimblett oʻz uslubiga xiyonat qildimi? UFC shahrilovchisi keskin fikr bildirdi

  • 26.01.2026 15:08
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

58 yoshli taniqli amerikalik podkaster va UFC sharhlovchisi Jo Rogan britaniyalik Paddi Pimblettning amerikalik Justin Getjiga qarshi chiqishidan hayratda qolganini bildirdi. 

"Bahsning ilk soniyalaridanoq Paddi taktika ishlatmadi. Biz bu yigit o‘zining betartib uslubiga aql va taktika qo‘shayotganini aytib kelardik. Ammo bu jangda unday bo‘lmadi… Pimblett oyoqlari bilan zarbalarni bloklamasdan oldinga tashlandi, raqib bilan yaqin masofaga yorib kirdi va unga kuchli zarbalar yog‘dirdi. Hatto "razvedka" ham qilmadi… Bu mutlaqo telbalik edi!" — deya Roganning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow" nashri.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 324" turnirida o‘tkazilgan super to‘qnashuvda Justin Getji hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Paddi Pimblettni mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!