Pedri: "Biz Mundial chempionligi uchun nomzodlardan biri ekanligini bilamiz"
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Ispaniyaning bo‘lajak Jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Biz musobaqa chempionligi uchun nomzodlardan biri ekanligini bilamiz, chunki biz ajoyib natijalar ko‘rsatyapmiz. Hozirda juda kuchli o‘yinchilar avlodiga ega tarkibimiz bor. Lekin bunga e’tibor qaratmaymiz - har bir individual o‘yinga e’tibor qaratishga va rivojlanishda davom etishga harakat qilamiz. Ishonamanki, katta marralarga erisha olamiz", dedi Pedri Misr bilan o‘yindan keyin bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya 2026 yildagi Jahon chempionatida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay bilan bir guruhda ishtirok etadi.
Fikrlar