Pedri o‘zini hayratga solgan futbolchini “Barsa”ga olib kelmoqchi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yarim himoyachisi Pedri agar unga tanlov imkoniyatini berilsa, jamoaga qaysi o‘yinchini olib kelishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
- Meni hayratga solayotgan o‘yinchi Jamol Musialani olgan bo‘lardim. U juda zo‘r futbolchi, - dedi Pedri.
22 yoshli Musiala ayni paytda jarohatini davolash bilan band. Iqtidorli futbolchi yozda AQShda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida og‘ir shikastlangan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Jamol Musiala maydonga yanvar oyida qaytishi kutilyapti.



Fikrlar