Pedro "Barselona"ning Chempionlar ligasida g‘olib chiqishini istamoqda
Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Pedro Rodriges kecha “Kamp Nou”da “Barselona”dan (3:0) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Kamp Nou”da bizni ajoyib kutib olishdi. Buning uchun men barchaga rahmat aytaman. Biz musobaqadan chiqib ketdik. Ammo, “Barselona”ning bu turnirda g‘olib chiqishini istayman”, - deydi Pedro.
Ma’lumot uchun, Pedro 2015 yil “Chelsi”ga aynan “Barselona” safidan ko‘chib o‘tgan edi.



Fikrlar