Pedro "Latsio"dagi kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 31 oktabr, 14:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

38 yoshli futbolchi Pedro joriy mavsum yakunlangach, "Latsio"ni tark etishini ma’lum qildi. Ispaniyalik futbolchi 2021 yildan buyon rimliklar sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U avval "Barselona", "Chelsi" va "Roma" jamoalarida ham o‘ynagan.

Tecno

"Men har doim jamoaga yordam berishni xohlayman. Bu, albatta, mening "Latsio"dagi oxirgi mavsumim, lekin jamoani o‘z o‘rniga — Evropa musobaqalariga olib chiqmoqchiman. Biz o‘sish va yuqori maqsadlarga intilish imkoniyatiga egamiz.

Qancha yil o‘ynashimni aytolmayman. Har bir mashg‘ulotdan maksimal foyda olishga harakat qilaman, ammo har kunim faoliyatim yakunlanishiga yaqinlashtirmoqda", — dedi Pedro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!