
Pedru Moreyra: "Raqibimiz juda kuchli jamoa"
4 fevral kuni "Paxtakor" klubi Qatarda Elit Osiyo Chempionlar ligasining 7-tur doirasida "Al-Garafa"ga qarshi maydonga tushadi.
Bugun bellashuvdan oldin matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiy Pedru Moreyraga hujumchi Igor Sergeev ishtirok etishdi. Dastlab bosh murabbiy fikr bildirdi:
"Biz mazkur uchrashuvga tayyorgarlikni yaxshi o‘tkazdik, deb o‘ylayman. Bir oy yangi mavsumga hozirlik jarayonida bo‘ldik. Mashg‘ulotlarda imkon qadar ishladik. Bizni mavsumdagi birinchi rasmiy o‘yin kutib turibdi. Raqib esa mavsumining qizg‘in pallasida. Bizni keskin bahs kutib turibdi. Yaxshi o‘yin namoyish qilib, ijobiy natijaga erishishga intilamiz.
Raqibni o‘rganib chiqdik. "Garafa" yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega jamoa. Portugaliyalik murabbiy Pedru Martins boshchiligida ular hujumkor futbol ko‘rsatishmoqda. Raqibimiz juda kuchli jamoa".
Sergeevning fikrlari quyidagicha bo‘ldi:
- Turkiyadagi yig‘inda bir oy mashq qildik. O‘ylashimcha, jismonan va ruhan o‘yinga tayyormiz. Jamoadagi muhit ajoyib holatda. Ertaga muhim bellashuv bo‘ladi. Biz maydonda borimizni berishga harakat qilamiz. Uyga ijobiy natija bilan qaytishni xohlaymiz.
"Garafa" yaxshi shakllangan jamoa, tarkibida ko‘plab xorijlik va mahalliy yuqori saviyali futbolchilar bor. Biz mavsumni endi boshlaymiz. Imkon qadar eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga urinamiz.
Fikrlar
туркияда 1ой кайф килдик. жисмонан хеч нимага ярамаймиз, рухан аллакачон юткизганмиз, хар йили кейинги йили енгишга харакат киламиз. мухит зур, чунки уйинни сотиб, бойиб колдик. мен узим биронта гол урмасликка ва'да бераман, чунки оёгим кийшик, кузим гилай.лекин уйга катта пул билан кайтамиз