Pelening rekordiga qadar 4 tagina "qadam" qoldi

  • 02.06.2022 22:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanayotgan terma jamoalar o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda.

Bugun Braziliya va Janubiy Koreya nazorat uchrashuvida bahs olib bordi. Unda "Lotin Amerikasi" vakillari 5:1 hisobida zafar quchdi. 

Dubl qayd etgan Neymar "pentakampeonlar" libosidagi gollari sonini 73 taga etkazib oldi. Bu natijaga u 118 uchrashuvda erishgan.

Neymar futbol qiroli Pelening rekordini takrorlashi uchun atigi 4 tagina gol qoldi. Sobiq yulduz 92 bahsda o‘z hisobiga 77 golni yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!