Pellegrini bugun "Barsa" hujumini to‘xtatish usulini namoyish qiladi
«Betis» bosh murabbiyi Manuel Pellegrini 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan La Liga 9-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan jamoasi raqib hujumchilariga qanday qarshi turishini ma’lum qildi.
«Ularni to‘xtatish uchun yakkakurashlarda yutuqqa erishish kerak, shunda hammasi yaxshi bo‘ladi. Albatta, bu har doim ham ish bermaydi, lekin biz harakat qilamiz.
Raqib juda yuqori samaradorlikka ega va o‘ta kreativ futbolchilarga ega. Ular golli vaziyatlarni juda ko‘p yaratadi», – deya Pellegrining so‘zlarini El des Marque nashri keltiradi.
«Betis» so‘nggi olti uchrashuvda besh bor g‘alaba qozondi, bir marta durang o‘ynadi. «Barselona» esa ushbu bahsga ketma-ket olti g‘alaba bilan yetib kelmoqda.

Fikrlar