Penaltidan gol ura olmagan Gabriyel «Arsenal» muxlislariga murojaat qildi
«Arsenal» himoyachisi Gabriel dos Santos Chempionlar ligasi finalida «PSJ» darvozasiga penaltdan gol ura olmaganidan so‘ng London klubi muxlislariga murojaat qildi. Braziliyalik futbolchi bu holat unga juda og‘ir kechayotganini ta’kidlаr ekan, shu bilan birga jamoasi va joriy…
«Arsenal» himoyachisi Gabriel dos Santos Chempionlar ligasi finalida «PSJ» darvozasiga penaltdan gol ura olmaganidan so‘ng London klubi muxlislariga murojaat qildi.
Braziliyalik futbolchi bu holat unga juda og‘ir kechayotganini ta’kidlаr ekan, shu bilan birga jamoasi va joriy mavsumda erishilgan natijalardan faxrlanishini bildirdi.
«Har bir qadamda bizga yordam bergan ajoyib muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Sizlar bu safarni biz bilan birga nishonlashga va bugungi paraddan zavq olishga to‘liq haqlisiz!
Kelasi mavsumda yana ko‘rishguncha!!!», — deb yozdi Gabriel o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik himoyachi «Arsenal» tarkibida penaltilar seriyasida beshinchi bo‘lib zarba berdi va to‘pni darvoza ustunidan yuqoriga yo‘lladi.

Izohlar (0)