
Penaltiga sababchi, sariq kartochka va bir taymlik o‘yin yoxud Husanov uchun "Nitstsa"ga qarshi bahs qanday o‘tdi?
Frantsiya chempionatining 26-turida "Lans" "Nitstsa"ni o‘z maydonida qabul qildi. Ikkala jamoa ham turnir Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun harakat qilmoqda va bu o‘yin kurashlarga boy o‘tishi aniq edi. Uchrashuvni zaxiradan boshlagan Abduqodir Husanov ikkinchi taym boshida o‘yinga qo‘shildi.
Mehmonlar 64-daqiqada burchak zarbasini amalga oshirayotgan paytda Husanov Pablo Rosarioni jarima maydonchasi ichida ushlab qolganligi sabab referi penalti belgilab, himoyachimizga sariq kartochka ko‘rsatdi.
45 daqiqa davomida Husanov 28 marta sheriklariga aniq pas berdi. Bir marta duelda g‘alaba qozonib, bitta zarbaga blok qo‘ydi. Shuningdek, bir marta podkat ham ishlatdi. Uning o‘yini "Sofa Score" tomonidan 6,2 ballga loyiq ko‘rildi.
Fikrlar