Peres "Real"ning katta transferlaridan birini blokladi

  • 20.05.2025 17:38
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" Rayan Sherkini sotib olishdan voz kechdi, garchi transfer atigi 22 million evroga baholangan bo‘lsa-da. Klub prezidenti Florentino Peresning shaxsan o‘zi bu masalaga yakun yasadi. Sherkining o‘zi "Real"da o‘ynash istagini yashirmagani va hatto Zinedin Zidan ham uni bir necha bor klubga tavsiya etganiga qaramay, rahbariyat hozirda hujum tarkibini kuchaytirish zaruratini yo‘q deb hisoblamoqda.

Buning sababi oddiy - Xabi Alonso qo‘l ostida hujum chizig‘ida Vinisius Junior, Rodrigo, Jud Bellingem, Braim Dias, Arda Guler, Kilian Mbappe va Endrik kabi yulduzlar allaqachon etarli. Katta salohiyat va mahoratga ega bo‘lsa-da, yana bir o‘yinchini qo‘shishning imkoni yo‘q.

"Real" oxir-oqibat o‘yin amaliyotini kam olishi mumkin bo‘lgan iste’dodlarni to‘plash o‘rniga, tarkib muvozanatini saqlashni afzal ko‘rdi. Shu bilan birga, Sherki butunlay e’tibordan chetda qoldirilmaydi - agar u rivojlanishda davom etsa va sezilarli yutuqlarga erishsa, klub uni sotib olish g‘oyasiga qaytadi. Albatta, bunday holatda uning narxi ancha yuqori bo‘lishi tabiiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!