"Persepolis", "Shaxtyor", "Antalsyapor"dagi legionerlari bilan Toshkentga kelgan xorvatiyalik "Eynshteyn" va uning jamoasi haqida
Tez orada "CAFA Nations Cup 2023" xalqaro musobaqasi boshlanadi. Xabaringiz bo‘lsa kerak, unda 7 ta terma jamoa qatnashadi va ikki guruhga bo‘linadi. Demak, “A” guruhida O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Ummon termalari bor. “V” guruhida Qirg‘iziston, Eron hamda Afg‘oniston joy olgan.
Yon qo‘shnimiz – Tojikiston ham Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining Millatlar Kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti. 29 may kuni Dushanbeda to‘plangan terma jamoa a’zolari 31 may kuni Toshkentga etib keldilar va “Bunyodkor” akademiyasi maydonida shug‘ullanishyapti.
Bosh murabbiy xorvatiyalik Petr Segrt tarkibga 26 nafar o‘yinchini jalb qilgan.
Darvozabonlar: Rustam Yatimov, Muxriddin Hasanov (ikkalasi – “Istiqlol”), Shoxruh Kirgizboev (“Xo‘jand”)
Himoyachilar: Vaxdat Xanonov (“Persepolis”, Eron), Axtam Nazarov (“Andijon”, O‘zbekiston), Zoir Jo‘raboev (“Neftchi”, O‘zbekiston), Manuchexr Safarov (“Lokomotiv”, O‘zbekiston), Mexrubon Karimov (“Samgurali”, Gruziya), Siyovush Asrorov, Tabrez Islomov, Daler Imomnazarov, Sodiqjon Qurbonov (barchasi – “Istiqlol”), Xolmurod Nazarov (“Ravshan”)
Yarim himoyachilar: Parvizjon Umarboev (TsSKA-1948, Bolgariya), Amirbek Jo‘raboev (“Kedax”, Malayziya), Muhammajon Rahimov (“Nasaf”, O‘zbekiston), Komron Tursunov (TRAU, Hindiston), Xusrav Toirov (“Shaxtyor”, Ukraina), Murodali Aknazarov (“Antalyaspor”, Turkiya), Alisher Jalilov, Exsoni Panshanbe, Alijoni Ayni (barchasi – “Istiklol”)
Hujumchilar: Manuchexr Jalilov, Shervoni Mabatshoev (ikkalasi – “Istiqlol”), Nuriddin Xamroqulov (“Regar-TadAZ”), Muhammadali Azizboev (“Xosilot”).
Ko‘rib turganingizdek, xorvatiyalik "Eynshteyn" nomi bilan tanilgan bosh murabbiy jangovar tarkibni jamlay olgan. Ularning orasida O‘zbekiston chempionatida to‘p surayotgan legionerlar ham bor. Jumladan, Axtam Nazarov (“Andijon”), Zoir Jo‘raboev (“Neftchi”), Muhammadjon Rahimov (“Nasaf”) va Manuchexr Safarov (“Lokomotiv”) Tojikiston terma jamoasi tarkibidan o‘rin egallashgan.
Qolaversa, boshqa mamlakat chempionatlarida to‘p surayotgan legionerlarni ham Toshkentdagi turnirga olib kelishgan. Bu esa ularning musobaqaga maqsadi jiddiy ekanini ko‘rsatadi. Boz ustiga tojikistonliklar ilk bor Osiyo Kubogi final musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganini ham unutmaslik kerak. "CAFA" bo‘lajak qit’a chempionatiga tayyorgarlik vazifasini ham o‘taydi. Tojikiston 11 iyun kuni Turkmaniston, 14-sanada Ummon va 17 iyunda O‘zbekiston terma jamoamizga qarshi maydonga tushadi.
Shuhratbek Jo‘raev.
Fikrlar