Petr Yan: "Merab erkaklar bilan jakuziga borishi kerak"
32 yoshli rossiyalik jangchi Petr Yan Merab Dvalashvili bilan uchinchi jang o‘tkazilish taklifiga quyidagicha javob berdi.
"Trilogiyami? Menimcha, Merab o‘g‘il bolalar bilan yana jakuziga borishi va dam olishi kerak. Qolganini keyin o‘ylab ko‘ramiz", dedi yangi chempion.
Yan va Dvalashvili ilk bor 2023 yilning bahorida jang o‘tkazishgan va o‘shanda gruziyalik sportchi yakdil qaror bilan g‘alaba qozongan edi.
Ayni damda rossiyalik jangchi 20ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Merab ustidan qozonilgan g‘alaba Yan uchun UFCdagi ketma-ket 4- va faoliyatidagi 12-g‘alaba bo‘ldi.
Fikrlar