Pike Ispaniya terma jamoasiga qaytadimi?

  • 07.09.2019 10:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi himoyachisi Jerar Pike Ispaniya terma jamoasiga qaytish niyati yo‘qligini aytib o‘tdi.

“Ispaniya terma jamoasi hamisha men uchun muhim bo‘lib kelgan, men uning o‘yinlarini doimiy kuzatib boraman. Ammo, men faoliyatimning so‘nggi yillarini “Barselona”ga bag‘ishlamoqchiman. Men har bir mavsumga xuddi oxirgisidek yondoshaman.

Terma jamoa sahifasi men uchun yopilgan. Mening maqsadim – “Barselona”, - deydi 32 yoshli futbolchi.

Ma’lumot uchun, Pike Ispaniya terma jamoasida jami 102 ta o‘yin o‘tkazgan va raqiblari darvozasiga 5ta gol urishga erishgan, jahon va Evropa chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!