
Pike sudda g‘alaba qozondi
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Ispaniya Moliya vazirligiga qarshi bo‘lib o‘tgan sudda g‘alaba qozondi.
Ispaniya Oliy sudi Pikening apellyatsiyasini qanoatlantirdi va Moliya vazirligi tomonidan qo‘yilgan 2,1 million evro miqdoridagi jarimani bekor qildi.
Qayd etilishicha, ispaniyalik futbolchi o‘z imij huquqlarini boshqarish bo‘yicha shartnomalarga amal qilmagan, uning Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari shaxsiy daromad solig‘i uchun chegirib tashlanadi.
Jerar Pike joriy mavsum "Barsa" safida La Ligada 15 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar