
Pikening jahli chiqdi: Eng zo‘r o‘yinchini ham zaxiraga mixlab qo‘yaman!
“Barselona”ning tajribali futbolchisi Jerar Pikening hayotida murakkab davr davom etimoqda. Ispaniyalik himoyachini xiyonat tufayli sevgilisi Shakira tashlab ketdi. Bu holat Pikening o‘yiniga ta’sir qilishidan xavotirlangan jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes u bilan gaplashib olishga majbur bo‘ldi.
O‘zaro suhbatda Pike bosh murabbiyga bor e’tiborini futbolga qaratishga, hatto ikki yillik shartnoma muddati tugamaguncha shaxsiy bizneslari bilan shug‘ullanmaslikka ham so‘z berdi.
Shuningdek, klub prezidenti Joan Laporta ham Pikeni o‘z xonasiga taklif qildi. Suhbat jarayonida futbolchi ancha asabiylashgani aytilmoqda. U klub xo‘jayiniga “Agar qo‘lingizdan kelib, “Barselona”ga dunyoning eng zo‘r himoyachisini olib kelsangiz ham, meni uni zaxiraga mixlab qo‘yaman”, degan.
Fikrlar