Pirlo: "Barselona"ning inqirozda ekaniga ishonmayman

  • 08.12.2020 00:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich so‘nggi turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ushbu o‘yin bizning o‘sishimiz uchun ayniqsa muhimdir. Guruhda birinchi bo‘lish ajoyib bo‘lar edi, lekin bundan ham yaxshirog‘i chiroyli o‘yin ko‘rsatishdir.

Biz muvaffaqiyatga ishonishimiz kerak. Bu qiyin bo‘ladi, lekin biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz kerakligini bilamiz. Yo‘qotadigan narsamiz yo‘q va shu sababli o‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Buffonmi? U juda yaxshi formada va o‘ynay oladi. Umuman olganda men "Barselona" inqiroziga ishonmayman, ular ajoyib jamoa”, - dedi Pirlo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!