Pirlo Gvardiola bilan bo‘lgan suhbatni unutmaydi

  • 20.12.2022 10:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Milan"ning sobiq futbolchisi Andrea Pirlo 2010 yilda Xosep Gvardiola bilan bo‘lgan suhbati va undan keyingi his-tuyg‘ulari haqida gapirdi.

"U meni o‘z kabinetiga chaqirdi va qanday o‘yin ko‘rsatishi va meni o‘z jamoasida ko‘rishni hohlashi haqida gapira boshladi.

Men uchun u bilan gaplashish va o‘zimni "Barselona" futbolchilari bilan solishtirishlari o‘zgacha g‘urur edi. Yakunda hech narsa sodir bo‘lmadi, lekin uning taklifiga binoan Gvardiola bilan qurgan suhbatim men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi", - dedi Pirlo FourFourTwo nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Pirlo 2001 yildan 2011 yilgacha "Milan"da o‘ynagan. U 2018 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagach 2020 yilda "Yuventus"ni boshqargan. 2021 yilning avgustida esa iste’foga chiqarilgan. Hozirda Andrea Turkiyaning "Fatix Karagyumryuk" klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!