
Pochettino MYu ga 3 ta shart qo‘ymoqda
"Tottenxem" klubi sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino faqat 3 ta shart bilan "Manchester Yunayted"ni boshqarishga tayyor.
TalkSPORT nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 47 yoshli argentinalik mutaxassis jamoani mavsum o‘rtasida emas yozda qo‘lga olmoqchi va jamoa prezidenti Ed Vudvordni jamoa transfer siyosatiga aralashmasligini hamda jamoaga sport direktori olib kelishni so‘ragan.
Pochettino jamoaning butun boshqaruvini, shu jumladan transfer masalalarini ham o‘z qo‘liga olishni xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozirda MYuni Ule Gunnar Sulsher boshqarib kelmoqda.
Fikrlar