
Pochettino o‘ziga engilmas jamoa tuza boshladi
“Chelsi”ni kelasi mavsumga argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino tayyorlashi kutilmoqda. O‘z davrida “Tottenxem” va PSJni muvaffaqiyatli boshqargan murabbiyning futbol borasidagi qarashlari “aristokratlar” rahbariyatiga ham ma’qul kelgan.
Pochettino hali ishga kirishmay turib, kelasi mavsum uchun yangi jamoa shakllantirish bo‘yicha ish boshlab yubordi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar beradi.
Pochettinoni avvalgi murabbiylar tuzgan jamoa qoniqtirmaydi. Xususan, argentinalik mutaxassis hozirga asosiy darvozabonlar Kepa Arrisabalaga va Eduar Mendiga ishonch bildirmoqchi emas.
Shuningdek, yarim himoya vakillaridan Kovachich, Kante, Gallaxer va Mauntning klub bilan kelishuvi mujmal bo‘lib turgani uchun Pochettino o‘zi ishongan o‘yinchilarni olib kelmoqchi.
Klub bilan shartnomasi bor hujumchilar – Per-Emerik Obameyang, Kay Xaverts va “Intern”dan ijaradan qaytadigan Romel Lukaku ham Maurisioni qoniqtirmaydi. Unga umuman boshqa tipdagi forvardlar kerakligi aytilmoqda.
Fikrlar