Pochettino yana etti futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

  • 4 iyul, 2023, 09:01
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”da tarkibni tozalash ishlari jadal davom etmoqda. “Aristokratlar” iyun oyida bir nncha futbolchidan qutilishni uddaladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy Maurisio Pochettino iyul oyida yana etti nafar futbolchini transferga qo‘yishga qaror qilgan.

Express nashrining yozishicha, murabbiylar shtabi kelasi mavsumda  Romelu Lukaku, Per-Emerik Obameyang, Kristian Pulishich, Kallum Xadson-Odoi, Sesar Aspilikueta, Trevo Chaloba va Mark Kukurelyaga o‘yin amaliyoti bermaydi.

Klub rahbariyati bu futbolchilar transferidan keladigan mablag‘ni Pochettino tanlagan yangi ijrochilarni olishga yo‘naltiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!