
Pogba JCh-2022ni bormaydimi? Dide Desham javob berdi
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham yarim himoyachi Pol Pogba Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etaishiga shubha qilmayapti.
“Ikki etakchi yarim himoyachilar Pogba va Kante katta tajribaga ega. Ular haqiqiy etakchi futbolchilar hisoblanadi. Lekin buyog‘iga yosh futbolchilarni ham kelajak uchun tayyorlash kerak.
Men Pogba bilan doimo aloqada bo‘lib turibman. U terma jamoaga chaqiriladimi yoki yo‘qligini bilish uchun yakuniy ro‘yxatni kutishga to‘g‘ri keladi. Bu gap barcha futbolchilarga tegishli”, - deya Deshamning so‘zlarini keltirdi “Marca”.
Avvalroq mashg‘ulot paytida jarohat olgan Pogba operatsiyadan bosh tortgani ma’lum bo‘lgandi. Futbolchi jarrohlik aralashuvisiz konservativ usulda davolanishni davom ettirishga qaror qildi. Boisi, u Qatardagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishidan qo‘rqmoqda.
Fikrlar