Pogba Mourino bilan o‘zaro adovati haqida gapirdi

  • 17 oktabr, 2024, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba portugaliyalik murabbiy Joze Mourino bilan munosabatlari haqida gapirdi. Ular "Manchester Yunayted"da birga ishlashgan.

“Joze bilan o‘zaro do‘stona munosabatda edik. Biz janjallashdik, lekin keyin yarashdik. Keyinroq nega hammasi adovatga aylanganini bilmayman. Men, albatta, bu mojaroni boshlamaganman. Murabbiy va futbolchi o‘rtasida bo‘lgani kabi bizda ham turlicha fikrlar bor edi. Lekin men uni juda hurmat qilaman", - dedi Pogba Daily Mail nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Pogba mart oyida yana futbol maydoniga qaytishi mumkin. Uning doping taqiqi 4 yildan 1,5 yilga qisqartirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!