Pogba o‘rniga Ronaldu!
“Manchester Yunayted” rahbariyati yana Krishtianu Ronalduni olib kelish variantiga qaytdi.
Oxirgi paytda portugaliyalik yulduzning “Yuventus”ni tark etishga qaror qilgani haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda. Bundan unumli foydalanishga urinayotgan “Manchester Yunayted” turinliklarga rokirovka taklif qilmoqda.
Unga ko‘ra, Sulsher “Yuventus” qaytarishni orzu qilayotgan Pol Pogbani Turinga jo‘natadi. Evaziga Ronaldu Manchesterga qaytardi.
Har ikki futbolchining ham o‘z klubi bilan shartnomasi yana bir yil amal qiladi.
Krishtianu Ronaldu yakunlangan mavsumda A Seriyada 29 ta gol bilan to‘purar bo‘ldi. Pol Pogba esa Angliya premer-ligasida yana o‘zini ko‘rsata oldi.
Fikrlar