Pogba qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jarohati sababli, 3 haftani o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" nashri yozmoqda.
Pogba APL doirasidagi "Everton"ga qarshi o‘yinda mushaklarini shikastlab olgan edi. Pol endigina jarohatidan tiklanib, o‘zining yuqori formasiga kirib borayotgandi.
Joriy mavsum yarim himoyachi 19ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 1 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar