
Pogba tez orada yangi klubi nomini e’lon qiladi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga keldi, deb xabar tarqatdi taniqli jurnalist Adrien Grene.
Manbaning ma’lum qilishicha, frantsiyalik yulduz o‘z yurtida to‘p tepishni istamoqda va tez orada PSJ tarkibiga qo‘shiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar hamkorlik bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan. Garchi Pogbaga “Manchester Siti”, “Real” va “Yuventus” kabi klublar jiddiy qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, 29 yoshli futbolchiga parijliklarning taklifi ma’qul keldi.
Pogba Manchesterga kelgunga qadar “Yuventus” sharafini himoya qilgan. Manchesterliklar o‘zi tarbiyalagan yarim himoyachini 2016 yilda rekord summa – 105 million evroga qayta sotib olgan edi.
Fikrlar