Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Pogbaga APLning eng badavlat klubi qiziqmoqda

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Oxirgi marta Pogba 2023 yilda maydonga tushgan edi

“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Pol Pogba APLga qaytishi mumkin.

TodoFichajes nashri xabar berishicha, 31 yoshli yarim himoyachiga turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turgan “Nyukasl” qiziqish bildirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, hozirda Pogba antidoping qo‘llagani uchun diskvalifikatsiya muddatini o‘tamoqda. Frantsiyalik futbolchi yanvar oyidan jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etishi mumkin. Mart oyida bo‘lsa, u rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishga ruxsat beriladi.

Oxirgi marta Pogba 2023 yilning 3-sentyabrida “Yuventus” safida “Empoli”ga qarshi maydonga tushgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q