Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Pokiston 20 ming AQSh dollari jarima to‘laydi

Shahzod
Izohlar: 0

Pokiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etmasligi borasida xabar bergan edik.

Shu munosabati bilan OFKning mazkur musobaqani o‘tkazish borasidagi reglamentining 6.4 punktiga binoan tashkilot Pokiston futbol federatsiyasini 20 ming AQSh dollari miqdoridagi jarimaga tortdi.

Endilikda vakillarimiz joylashgan “F“ guruhida 3ta terma jamoa Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. O‘yinlar 22-26 mart kunlari oralig‘ida “Paxtakor“ stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q