Pol Skoulz: Xayriyatki, MYu Sanchesdan qutildi

  • 06.08.2020 12:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz chililik hujumchi Aleksis Sanchesning jamoadan ketgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Xayriyatki, Manchester Yunayted”ning Sanchesdan qutildi. U “Old Trafford”da juda yomon o‘ynadi. Bu Aleks Fergyuson ketganidan so‘ng amalga oshirilgan eng yomon transferlardan biri edi.

Aleksis “Barselona” va “Arsenal”da yaxshi o‘ynadi, ammo “Manchester Yunayted”da muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jamoani Sulsher o‘z qo‘liga olganidan xursandman. Endi selektsiya ishlari ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi”, - deydi sobiq futbolchi.

Sanches “Inter” bilan 3 yillik shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqaldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!