Portugaliyalik va niderlandiyalik muxlislar "JCh-2026"ni baykot qilishmoqchi

  • 15.12.2025 16:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliya va niderlandiyalik futbol muxlislari assotsatsiyasi Meksika, Kanada va AQSh mezbonlik qiladigan 2026 yilgi jahon chempionatini baykot qilishmoqchi. Bu haqida RMC Sport nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, norozilikka sabab FIFA tomonidan belgilangan chipta narxlari qimmatligida. Masalan, final chiptalari Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 finali chiptalariga qaraganda olti-etti baravar qimmat. Ba’zi muxlislar chipta sotib olish uchun bir necha yil pul yig‘ishgan, ammo endi ular muldialga borishni xohlashlariga shubha qilishmoqda.

Frantsiyaning bir qator assotsiatsiyalari ham boykotni javob chorasi sifatida ko‘rib chiqmoqda, biroq ayni damda ular Frantsiya futbol federatsiyasidan yordam so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, mundial debyutanti O‘zbekiston MTJ guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va 4-savatdan FIFA pley-off g‘olibi (DR Kongo, Yamayka, yoki Yangi Kaledoniya) bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!