
Portugaliyalik yulduz 40 yoshigacha to‘p tepadigan bo‘ldi
Portugaliyalik tajribali himoyachi Pepe “Portu” bilan amaldagi shartnomasini 2023 yilning yozigacha uzaytirdi.
Shu tariqa, Pepe 40 yoshigacha professional futbolchi sifatida faoliyatini kafolatlab qo‘ydi.
Faoliyatining yulduzli davrlarini “Real”da o‘tkazgan Pepe “Portu” safiga 2019 yilda “Beshiktosh”dan kelib qo‘shilgan edi. U 2004-2007 yillarda ham shu jamoada to‘p tepgan. Umumiy hisobda Pepe “Portu” libosida 149 ta uchrashuv o‘tkazib, 11ta gol urgan va olti marta golli pas uzatgan.
Fikrlar