Portugaliyalik yulduzga Evropaning 3 ta top-klubi qiziqish bildirmoqda
Portugaliyalik hujumchi Joau Felish “Atletiko”ni Evropaning boshqa top-klubiga almashtirishi mumkin. "AS" nashri jurnalistlarining xabar berishicha, uning xizmatlariga birdaniga uchta jamoa qiziqish bildirmoqda - "Bavariya", PSJ va "Manchester Yunayted".
22 yoshli futbolchi "matraschilar" bilan 2026 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma imzolagan. "Transfermarkt" portali uning narxini 70 million evroga baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" Joauni "Benfika"dan 126 million evaziga sotib olgan edi.
Felish joriy mavsum La Ligada 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar