Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Prevyu. "Navbahor" - "Qo‘qon-1912"

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Bu turda yana bir vodiý derbisi boʻlib oʻtadi.

O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan bahsni "Navbahor" jamoasi safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazadi. 

Milliy chempionatlarimiz tarixida ushbu jamoalar shu kungacha jami 36 marta bir-birlariga ro‘baro‘ kelgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida – 19 ta g‘alaba. Qo‘qonliklar 9 ta o‘yinda zafar quchishgan bo‘lsa, 8 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatiidagi ustunlik “lochinlar” tomonida - 66-39. Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 65, qo‘qonliklar esa esa 35 ochkoni qo‘lga kiritishgan. 

Ushbu klublar o‘rtasidagi bahslarda eng yirik hisob 2 marta qayd etilgan. “Navbahor” 2003 va 2016 yillar mavsumining Namanganda o‘tkazilgan o‘yinlarida “Qo‘qon - 1912”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. 

Mazkur jamoalarning shu kungacha Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan 18 ta bahsidan 7 tasida mezbonlar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 5 ta o‘yinda namanganliklar zafar quchishgan, 6 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatiidagi ustunlik “Qo‘qon-1912” tarafida – 24:19. 
 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q