
"Prezident kubogi". Nodirbek Abdusattorov hindistonlik shaxmatchi bilan bahsda durangga imzo chekdi
Toshkentda "Prezident kubogi" davom etmoqda. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Turnir 2 guruhda o‘tkaziladi. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashadi.
Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.
Ushbu turnirning 4-turidan o‘rin olgan Nodirbek Abdusattorov hamda Murali Karthikeyan bahsida durang natija qayd etildi. Ta’kidlash kerak, 3-turdan so‘ng Abdusattorov 2-, Karthikeyan esa 4-pog‘onani band etib turgandi.
Fikrlar