Professional boks olamidagi chempionlik kamarlari haqida bilasizmi?

CHERY AUTO

Ma’lumki, professional boks olamida eng kulminatsion daraja shubhasiz jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritishdir. Albatta, bu sport turiga oshno bo‘lganlar borki, profi boksda qanday yo‘nalishlar bor va eng nufuzli kamarlar borasida ham yaxshigina ma’lumotga ega ekanliklari bor gap. Lekin professional boksda Franchise, Super, Regular, Interim kamarlari ham mavjudki, ular haqida barcha ham batafsil ma’lumotga ega deb ayta olmaymiz. Qolaversa, yuqorida sanab o‘tilgan  kamarlari orasida qanday tafovut bor va nima uchun chempionlik kamarlari bu qadar ko‘p, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Bugun, shu haqida so‘z yuritmoqchimiz. To‘g‘rirog‘i, ajoyib bloger Jalol Ahmedov o‘z tahlili orqali bunga oydinlik kiritishga harakat qilgan.
Quyida ushbu maqolani e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

Hozirda professional boksda asosiy 4 yo‘nalish mavjud bo‘lib, jahon chempionlik kamarlari turlicha nomlar bilan ataladi. Ba’zan muxlislar ularni qaysi birining statusi yuqori ekanligini tushunishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. 

  Avvalo barcha 4 yo‘nalishlarda jahon chempionlik kamarlarini eslab o‘tsak.

  1. WBC yoʼnalishi

    A) WBC Franchise Jahon Chempionlik kamari

    B) WBC jahon chempionlik kamari

    C) WBC Interim kamar.

  2. WBA yoʻnalishi

    A) WBA Super kamar

    B) WBA regular kamar

    C) WBA interim kamar

  3. IBF yoʻnalishi

    A) IBF Jahon chempionlik kamar

    B) IBF interim
  4. WBO yo‘nalishi

    A) WBO Jahon chempionlik kamari

    B) WBO interim

Endi esa ushbu kamarlar haqida birma bir to‘xtalib o‘tsak... Agarda WBA jahon chempionlik kamari sohibi bu titulni ketma-ket 5 marotaba himoya qilsa yoki WBA dan tashqari boshqa yo‘nalish chempionlik kamarlariga ham ega bo‘lsa, ushbu bokschi WBA tomonidan "Super" chempion deya e’lon qilinadi va bir muncha engilliklar beriladi. Masalan WBA "Super" chempioni va 2 yo‘nalish chempioni bo‘lsa 18 oyda, 3- kamar egalari bo‘lsa 21 oyda, 4 yo‘nalish mutloq chempioni esa 28 oyda himoya qilish huquqi beriladi.

 Masalan: hamyurtimiz Murodjon Axmadaliev "WBA "Super" chempionlik va IBF jahon chempionlik kamari sohibi hisoblanadi.
Jalol1

WBC " Franchise " chempionlik tituli boks bo‘yicha bir muncha mashhur va kuchli bokschilargagina faqat kengash qarori bilan beriladi. Ushbu kamar ham "Super" chempionlik kamariga o‘xshash bo‘lib, farqli tomoni ushbu chempion majburiy da’vogarga qarshi jang o‘tkazishdan ozod qilingan yoki boshqacha aytganda kamar dahlsiz va chempion o‘zi hohlagan raqibga qarshi jang qilish huquqiga egadir. Hozirda faqatgina 2 bokschi Vasiliy Lomachenko va Saul “Kanelo” Alvares WBC yo‘nalishida " Franchise " chempionlari deb e’lon qilingan. WBO va IBF yo‘nalishlarida bunday imtiyoz beruvchi kamarlar mavjud emas.jalol2

Ushbu 2 kamardan nufuz jihatdan keyingi o‘rinda turuvchi 4 yo‘nalishda bir hil mavqega ega WBA "regular", WBC, IBF va WBO jahon chempionlik kamarlari sohiblari esa nisbatan qisqa muddatda o‘z kamarlarini majburiy da’vogardan himoya qilishlari shart. Agarda ushbu yo‘nalish chempionlari uzoq vaqt davomida ma’lum sabablarga ko‘ra ( jarohat yoki boshqa omillar) jang o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa ushbu vaznda "Interim" yani vaqtinchalik chempionlik kamari joriy etiladi. Majburiy da’vogar hamda reytingda yuqori bokschilar ushbu kamar uchun jang o‘tkazib, g‘olib vaqtinchalik jahon chempionlik kamariga ega bo‘lish barobarida keyinchalik ushbu yo‘nalishda jahon chempioniga qarshi ringga chiqish huquqini qo‘lga kiritadi.

jalol3

Bunday kamar barcha vaznlarda emas faqatgina kerakli holatda joriy qilinadi. Hozirda WBC, WBA, IBF da "Interim" ya’ni vaqtinchalik chempionlik kamarlari mavjud. WBO yo‘nalishida esa bunday kamar ta’sis qilinmagan. Misol tariqasida yarim o‘rta vaznda IBF chempioni Errol Spenc avtohalokatga uchragani va uzoq muddat ringga qayta olmasligi hisobiga ushbu yo‘nalishda majburiy da’vogar hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov va reytingning 3-pog‘onasida borayotgan rossiyalik Sergey Lipinets vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun jang o‘tkazishadi va g‘olib keyinchalik to‘laqonli chempion Errol Spencga qarshi ringga chiqadi.

jalol4

Ajablanarlisi WBA "Gold" chempionlik kamari ham mavjud ammo ushbu yo‘nalish qoidalarida bu kamar haqida hech qanday tushuntirish berilmagan.

Endi tanganing 2-tomonini qarasak, chempionlik kamarlari va ularga beriluvchi imtiyozlar bir qarashda ijobiy holatdek ko‘rinadi. Ammo jahon boks ommasi uchun bu jihatlar bir muncha e’tirozlarga sabab bo‘lib kelmoqda. Hususan, chempionlik kamarining ko‘pligi raqobatni bir muncha susaytiradi. Biroq bu holat boks tashkilotlari uchun moliyaviy tomondan foyda keltirishi uchun ishlab chiqilgan desak ham yanglishmagan bo‘lamiz. Chempionlik kamari ko‘p bo‘lsa, chempionlik janglari ham ko‘proq bo‘ladi va bu qarma-qarshiliklar oddiy reyting janglaridan farqli o‘laroq ko‘proq mablag‘ keltiradi.

Xullas, hozircha shular... Yana qiziqarli ma’lumotlarni siz muxlislarga taqdim etishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!