Professional boks tarixidagi eng shiddatli to‘qnashuvlar (ikkinchi qism)

  • 04.12.2019 17:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Professional boks tarixida qanday  shiddatli va davomiy to‘qnashuvlar sodir bo‘lganligi haqida kecha so‘z yuritgan edik va birinchi qismini e’tiboringizga havola etgandik. O‘z o‘rnida davomi bor ekanligi borasida ham aytib o‘tganmiz. Va’daga vafo deganlaridek, davomini taqdim etamiz.

Muhammad Ali – Jo Frezzer

Bu janglar tom ma’nodagi qirollar to‘qnashuvi desak ayb sanalmasa kerak. Ular orasidagi trilogiya hali-hanuz yashamoqda. Afsona kabi avlodlar osha o‘tib kelyapti. Ularning dastlabki jangi 1971 yil 8 martda bo‘lib o‘tgan.
Bunga qadar Ali 31 ta jang o‘tkazib, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan edi. Jo esa 26 marotaba ringga ko‘tarilib, u ham mag‘lubiyat bilmay kelayotgandi. Xullas, ikki engilmas charmqo‘lqop ustalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Bu jangda Ali o‘zining birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oladi. “Medison Skver Garden” arenasida bo‘lib o‘tgan ushbu to‘qnashuvda Jo ochkolar hisobida ustun keladi.

Ikkinchi jang 1974 yil 28 yanvarda yana Nyu-York “Medison Skver Garden”da bo‘lib o‘tadi. Mazkur revansh deyarli birinchi jang kabi o‘tadi. Faqat bu safar Ali muvaffaqiyatli harakat qiladi va u hisobni tenglashtiradi.

Uchinchi hal qiluvchi to‘qnashuv esa Filippin poytaxti Manila shahrida “Araneta Coliseum” sport saroyida bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang boks tarixida “Manila trilleri” ya’ni 20-asrning og‘ir vazn toifasidagi eng shavqatsiz janglaridan biri sifatida muhrlandi. Unda 14 raunddan (o‘sha vaqtda boks janglari 15 raunddan iborat bo‘lgan) so‘ng, Muhammad Ali g‘alaba qozonadi.

object_14.1320740598.1931

Mark Antonio Barrera- Erik Morales

Ikki meksikalik ajoyib bokschilar, o‘z vaqtida bir-biri uchun jidiy raqobat tug‘dirishgan. Ular ham uch bora to‘qnash kelishadi. Birinchi jang 2000 yil 19 fevralda Las-VegasdaMandalay Bay” arenasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur ilk to‘qnashuvda Moralesning qo‘li balan keladi.

Ikkinchi jang esa 2002 yil 22 iyunda Las-Vegasda “MGM Grand” arenada tashkil qilinadi. Unda Barrera raqibini ochkolar hisobiga mag‘lub etib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keladi.

Uchinchi to‘qnashuv 204 yil 27 noyabrda yana “MGM Grand” arenasida bo‘lib o‘tadi. Darvoqea, ushbu jang WBC ning super engil vazn toifasi chempionligi uchun kechadi. Hal qiluvchi bahsda yana Markga omad kulib boqadi va u muvaffaqiyat qozonadi.
Har ikki bokschi ham o‘z davrida katta shuhrat qozongandi. Jang olib borish uslublari ham muxlislarga zavq bag‘ishlagan. Yuksak saviyadagi bokschilarning o‘zaro janglaridagi keskinlik evaziga eng shiddatli to‘qnashuvlar qatorida e’tirof etiladi.

3940d7c458564104aaf0a89bd899d2d8

Arturo Gatti-Mikki Uord

Kanadalik ajoyib jangchi Arturoni boks tarixida eng yorqin namoyandalardan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Garchi uning boksni tark etgandan keyingi holati biroz achinarli bo‘lgan bo‘lsada, uning ringdagi harakatlari, avvalo insoniyligi tufayli muxlislar qalbidan chuqur joy oladi.
To‘g‘ri, u 9 marotaba mag‘lub bo‘lgan, lekin xech qachon boks ixlosmandlari nazaridan chetda qolmagan. Chunki u haqiqiy toza qalb inson hamda ajoyib bokschi edi. Garchi u bu yorug‘ olamni erta tark etgan bo‘lsada, Gattiga bo‘lgan xurmat hali-hanuz yashamoqda.

Arturoning eng shiddatli janglari shubhasiz Mikki Uord bilan bo‘ladi. Ular o‘zaro ketma-ket uch marotaba jang qilishadi. Birinchi to‘qnashuv 2002 yil 18 mayda bo‘lib o‘tadi.
Unda Uord g‘alaba qozonadi. Ikkinchi jang xech qancha vaqt o‘tmay, o‘sha yilning 23 noyabrida tashkil qilinadi. Unda afsonaviy Gatti ochkolar hisobida ustun keladi.
Hisob tenglashgach, ular hal qiluvchi jangni ham o‘tkazishadi. Ushbu uchinchi bellashuv 2003 yil 7 iyunda bo‘lib o‘tadi va unda Gatti yana zafar quchib, umumiy ko‘rinishni o‘z foydasiga hal qiladi.
Bularning har bir to‘qnashuvi, ochiq, quvnoq, keskin, ajoyib zarbalar almashinuvi ostida kechganligi uchun, professional boks tarixidagi murosasiz janglar qatoriga qo‘shilgan.

hqdefault

Roy Jons – Antonio Tarver

Bu bokschilar ham o‘zaro uch marotaba to‘qnash kelishadi. Roy o‘zining yulduzli davrini boshdan kechirayotgan vaqtida birinchi jang bo‘lib o‘tadi. Ya’ni 2003 yil 8 noyabrda,  Las-Vegasning,Mandalay Bay” arenasida ikki bokschi ilk bora to‘qnash kelishadi. Ushbu qarama-qarshilikning birinchi qimida Roy g‘alaba qozonadi.
Mazkur jang WBC, WBA, IBO chempionlik kamarlari uchun bo‘ladi. Revansh uzoqqa cho‘zilmaydi.Ular ikkinchi bor 2004 yil 15 mayda bo‘lib o‘tadi va kutilmaganda Tarver Jonsni texnik nokaut bilan mag‘lub etadi. Uchinchi jang 2005 yil 1 oktyabrda IBO chempionlik kamari uchun bo‘ladi. Aslida Royning omadsiz davrini boshlab bergan, shubhasiz Tarver bo‘ladi.
U ikkinchi jangda Jonsni mag‘lub etganidan so‘ng, uchinchi jang tashkil etilishidan avval Glen Jonsondan ham nokautga uchragan holda mag‘lubiyatga uchraydi. Bu afsonaning inqirozga yuz tutayotganini anglatardi. Ushbu holatlardan keyin, muxlislarda unga bo‘lgan ishonch pasayadi. Uchinchi to‘qnashuvda ham Tarverning imkoniyatlari yuqori baholanadi.
Taxmin o‘z isbotini topadi va Antonio bu safar ochkolar hisobiga ustun keladi. Nima uchun, bular orasidagi jang tanlanganlar orasida e’tirof etiladi. Bunga javob topishni istsangiz, yaxshisi ularning to‘qnashuvlarini topib tomosha qiling!

Roy+Jones+Jr+World+Light+Heavyweight+Championship+IZgjCvHIpeFl

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!